O‘zbekiston respublikasi prezidentining PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylardagi “mahalla yettiligi” faollarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Bugun yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida mazkur seminar o‘z ishini boshladi. Seminar doirasida Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, aholi bilan yaqin muloqotni tashkil etish , ijtimoiy muammolarni mahallada hal etishning yangi tizimi, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va normativ hujjatlar mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berildi.





