O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki” boshqaruv raisining o‘rinbosari Ro‘ziyev Farrux Aralovich boshchiligidagi ishchi guruh tashabbusi bilan Farg‘ona tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda tuman Statistika bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Xasanov mas’ul shtab a’zolariga ro‘yxatga olish jarayonining tartibi, ma’lumotlarni yig‘ish va qayd etish usullari, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirish berdi.
Seminar davomida ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.






