O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab izchil davom ettirilmoqda.


Mazkur farmonga muvofiq, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan shaxs hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular 2026-yil 15-fevralga qadar Milliy statistika qo‘mitasiga elektron shaklda taqdim etiladi.


Joriy yilning 3-noyabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati joyida o‘rganildi.

