G‘uzor tumanida ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

photo_5463129303534403458_w_p34250

G‘uzor tumanida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu jarayon doirasida G‘uzor tumani hokimligi, viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limi bilan hamkorligida tashkilotlar va mahalla yettiligi bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

photo_5463129303534403456_w_p96898

Ushbu seminarlarda Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida keng tushunchalar berildi.

photo_5202149034586930657_y_p84926

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi va boshqa muhim mavzularda ma’lumotlar berildi.