Aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgalik bo’yicha onlayn konferensiya tashkil qilindi

Joriy yilning 1-dekabr kuni Davlat statistika qo’mitasi va hamkor tashkilotlar o’rtasida videokonfersaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Fransua Bejo hamda hamkor tashkilotchilar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda, O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik ishlarining hozirgi natijalari bo’yicha ma’lumot berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasdan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari qatnashdilar.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan tadbirda pandemiya sharoitida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirni o‘tkazishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish, aholini ro‘yxatga olish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida Q. Berdiqulov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi vakilining ma’ruzasi xalqaro ekspertlarda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassislar O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.