Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayorgarlik jarayonlari bo’yicha seminar tashkil etildi

Joriy yilning 30 noyabr kuni Toshkent Davlat Agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.


               Toshkent viloyati statistika boshqarmasi va Qibray tumani statistika bo’limi hodimlari bilan birgalikda Toshkent Davlat Agrar universitetida seminar tashkil etildi. Seminarda Qibray tuman statistika bo'limi boshlig’i X.Raxmonqulov qarorning mazmun mohiyati to’g’risida va shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.  


               Shuningdek ushbu Qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" Nizom, Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita” hamda savolnoma shakllari tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.