Joriy yilning 17-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710- sonli qarori muhokamasi yuzasidan yigʻilish seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma boʻlim xodimlari hamda hududiy statistika boʻlim xodimlari online ravishda ishtirok etishdi.
Yigʻilishni boshqarma boshligʻi Sidikov Tolib Iskandarovich ochib, 2020- yil 11- noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 710– sonli qarori yuzasidan yigʻilganlarga qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.
Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710– sonli qarori yuzasidan hududiy statistika boʻlimlari ishtirokida, muntazam ravishda, grafik asosida seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.

