Hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun navbatdagi vebinar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 14-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun onlayn vebinar tashkil etildi.

7j1a7059nnnn_p39241

Mazkur vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlaridagi muammolar muhokama qilindi.

7j1a7074nnnn_p31744

Shuningdek, vebinarda hududiy statistika boshqarmalari aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha 2025-yilda amalga oshirilishi zarur bo’lgan tashkiliy ishlar bilan tanishtirildi.

7j1a7037nnnn_p25423

Vebinar yakunida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan mahallalardagi ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish holatini o’rganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

7j1a7078bbbb_p74965