Aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

     Joriy yilning 14-noyabr kuni Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumani hokimligida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Toshpoʻlatov Shodmon Zaydinovich, tuman hokimi Himmat Qoʻchqarovich Oqboʻtayev rahbarligida, viloyat statistika boshqarmasi masʼul xodimlari, hududiy statistika boʻlimi xodimlari, tuman mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari hamda fermer xoʻjaliklari masʼullari  ishtirokida semenar boʻlib oʻtdi.

     Jumladan, seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Sh. Toshpoʻlotov soʻzga chiqib, Mahalla fuqrolar yigʻinlari hamda fermer xoʻjaliklari tomonidan statistika organlariga topshirishlari shart boʻlgan statistik hisobotlar, hisobotlarni toʻldirishda nimalarga eʼtibor berilishi, topshirish muddatlari hamda Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bor oʻtkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni sifatli oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-sonli respublikamizda aholini roʻyxatga olish tadbiri 2023-yilda oʻtkazilishi belgilash toʻgʻrisidagi qarori hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan chora – tadbirlar haqida yigʻilganlarga tushuntirish berdi.

     Shuningdek, seminar davomida boshqarmaning hamda tuman statistika boʻlimining masʼul xodimlari soʻzga chiqib statistik hisobot topshirish, hisobot topshirish muddati, hisobot koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼruza qilishdi. 

     Semenar yakunida qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻliq javob oldilar hamda kelgusida bajarilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.