O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr sanasida “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020- yilning 13- noyabr kuni Navoiy viloyat statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi tomonidan Karmana tumanida “Talqoq” MFY da aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu mavzu doirasida qatnashchilarni sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar, aholini roʻyxatga olish tartibi, roʻyxatga olish bosqichlari bilan tanishtirildi.

Qatnashchilar tomonidan o‘zlari uchun qiziqarli va muhim hisoblangan savollariga tegishli javoblar olishdi. Joylarda shu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish davom etmoqda.


