Jizzax shahar kasb-hunar maktabida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” seminar tashkil etildi.Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, Jizzax shahar kasb-hunar maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, aholini ro‘yxatga olish boʼyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. O‘quvchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.


