“Аholini ro’yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan seminar o’tkazildi

Joriy yilning 9-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish” bo’limi xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmon ijrosi yuzasidan Pastdarg’om tumani 2,3,4-sektorida Mahalla fuqorolar yig’ini raislari ishtirokida seminar yig’ilish o’tkazildi. Farmonda belgilangan chora-tadbirlar asosida kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha tegishli topshiriqlar belgilab berildi.

Mazkur seminar ishtirokchilarga Aholini ro'yxatga olish tadbiri yuzasidan to'liq ma'lumot berilib, ushbu jarayonda faol qatnashish muhimligi, mamlakatimiz fuqarolari sonini aniqlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hal etilishi ko'zda tutilganligi tushuntirildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.