Toshkent Kimyo-Texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan seminar tashkil etildi

Toshkent Kimyo-Texnologiya instituti Yangiyer filialida viloyat statistika boshqarmasi va tuman statistika bo’limi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”  seminar tashkil etildi.Tadbirda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

photo_2024-11-26_13-36-09_p23220

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berildi.Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

photo_2024-11-26_13-36-12-2_p79071

Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.