O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevral sanasida “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF 5655-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020- yilning 06- noyabr kuni Navoiy viloyat statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi tomonidan Karmana tumanida 12-umumta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.


Ushbu mavzu doirasida qatnashchilarni sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar, aholini roʻyxatga olish tartibi, roʻyxatga olish bosqichlari bilan tanishtirildi. O’qituvchilar mutaxassislar tomonidan o‘zlari uchun qiziqarli va muhim hisoblangan savollariga tegishli javoblar olishdi. Joylarda shu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish davom etmoqda.


Axborot xizmati

