Qashqadaryo viloyatida хonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

89fdd5c9-efdc-4aba-a823-d6fc130eb8a7_p84773

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

a2d0d7ff-a5e4-4837-a66e-075895ff151a_p58651

O‘rganish natijalari bo‘yicha hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  ko‘rilmoqda.