Joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Roʼyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʼtkazish” boʼlimi xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmon ijrosi yuzasidan Pastdargʼom tumani 1-sektorida Mahalla fuqorolar yigʼini raislari ishtirokida seminar yigʼilish oʼtkazildi.

Mazkur seminar ishtirokchilarga Aholini ro'yxatga olish tadbiri yuzasidan to'liq ma'lumot berilib, ushbu jarayonda faol qatnashish muhimligi, mamlakatimiz fuqarolari sonini aniqlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hal etilishi ko'zda tutilganligi tushuntirildi.

Farmonda belgilangan chora-tadbirlar asosida kelgusida bajarilishi lozim boʼlgan ishlar boʼyicha tegishli topshiriqlar belgilab berildi.


