Аholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro Mir Arab oliy madrasasida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bo‘limi  mutaxassislari, oliy madrasa o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

mir-arab-oliy-madrasasi1_p37580

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

mir-arab-oliy-madrasasi19_p96141

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.