Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga partiya a'zolari ham jalb etiladi

Joriy yilning 28- oktabr kuni O'zLiDep Sirdaryo viloyat Kengashi binosida Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish" bo‘limi tomonidan Prezidentimiz tomonidan 2019- yil 5- fevralda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g'risida"gi PF-5655-sonli farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar ishtirokchilarga Aholini ro'yxatga olish tadbiri yuzasidan to'liq ma'lumot berilib, ushbu jarayonda faol qatnashish muhimligi, mamlakatimiz fuqarolari sonini aniqlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hal etilishi ko'zda tutilganligi tushuntirildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganilib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati