Joriy yilning 21- oktyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining Ro’xatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi 8- sonli umumta’lim o’rta maktabida o’qituvchilar ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655- sonli farmoniga muvofiq 2022- yilda respublikamizda oʼtkaziladigan “Аholini roʼyxatga olish tadbiri” to’g’risida davra suhbati oʼtkazildi.


Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-sonli farmoni mazmun mohiyati, aholini ro'yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro'yxatga olish bosqichlari, aholini ro'yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to’g’risida tushunchalar berildi.


O’tkazilgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.


Axborot xizmati

