Aholini ro’yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5-fevraldagi "O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida" gi PF-5655 sonli farmoniga asosan aholini ro`yxatga olish bo`yicha seminar o`tkazildi.

Surxondaryo viloyatining barcha tumanlari va Termiz shahrida aholini ro’yxatga olish bo’limlari tashkil etiladi. Ushbu bo’limda 2021 yildan 3 tadan hodim vaqtincha ish boshlaydi.

Hisob-kitoblarga ko’ra 2022-yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish tadbirida viloyatning qishloq, shahar aholi punktlari va mahalla fuqarolar yig’inlarida tashkil etiladigan ro’yhatga olish uchastkalari soni 280 tani, uchastkalarda vaqtinchalik ishlaydigan hodimlar soni 840 tani tashkil etadi. Qishloq va shahardagi ro’yxatga olish uchastkalarida aholi sonini qamrab olish o’rtacha 10 000 kishini tashkil etadi.

Shuningdek, instruktorlik va stasionar ro’yxatga olish uchastkalari soni viloyat bo’yicha 1400 tani, uchastkalarda vaqtinchalik ishlaydigan hodimlar soni 2800 tani tashkil etadi.

Bundan tashqari, har bir instruktorlik uchastkalarida to’g’ri keladigan ro’yxatga oluvchi (interver) hodimlar soni o’rtacha 5 kishini, viloyat bo’yicha ro’yxatga oluvchilar (interver) soni 7000 kishidan ko’proq bo’lishi kutilmoqda xamda har bir ro’yxatga oluvchi (interver)ga o’rtacha 400 nafardan aholi soni to’g’ri keladi.

Aholini ro’yxatga olish jarayonida vaqtinchalik jalb qilinadigan hodimlar soni viloyat bo’yicha 11 ming  kishidan ko’proq bo’lishi kutilmoqda.

Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi tashkil etiladi. Markazga 125 kishi jalb qilinishi rejalashtirilgan. Ular 25 oy ishlaydilar. Hisob-kitoblarga ko’ra ishlaydigan ish kunlari 525 kundan iborat bo’lib, xar  bir  hodimga jami 22400 donadan ro’yxatga olish varaqalari (kartochkalar), kuniga esa har bir hodimga  43 tadan ro’yxatga olish varaqalari to’g’ri kelmoqda.