100 ta uy xo‘jaligiga nechta mobil telefon to‘g‘ri keladi?

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan.

tel_p64337_p29141

Ma’lumot uchun ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarda quyidagicha:

2010- yilda 145 ta;

2015- yilda 234 ta;

2020- yilda 287 ta.