Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi

Joriy yilning 14- oktabr kuni 2022- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar  muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 14- oktabr kuni 2022- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar  muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Kobil  Berdikulov, bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joriy yilning 8–13- oktabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar tahlil qilindi. Aholi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar tahlili, aholi punktlarida yashovchilar soni, kartografik materiallarni o‘rganish holati, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati