Joriy yilning 5-oktabr kuni Farg’ona viloyati statistika boshqarma boshlig’i S.R.Shamshidinov tomonidan shahar va tuman statistika bo’lim boshliqlari ishtirokida “O’zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to’grisida”gi PF-5655 farmon ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan vebinar tashkil etildi.

Vebinarda viloyat statistika boshqarma boshlig’i S.Shamshidinov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi 5655-sonli farmonida belgilab berilgan topshiriqlar va vazifalarning ijrosini ta’minlanishi shahar va tuman statistika bo’limlarida ish qay darajada yo’lga qo’ilganligi, hamda har bir hodim o’z ishiga sitqidildan yondoshib ish tashkil qilishi to’g’risida topshiriqlar berdi.

Shuningdek, vebinarda Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi bosh mutahasisi U.Mahmudov ham ishtirok etib, o’z so’zida, aholining ro'yxatdan o'tkazilishi davlatning farovonligiga xizmat qilib, iqtisodiyotni rivojlanishiga katta hissa qo’shishi to’g’risida aniq tushunchalar berib o’tdi.

Axborot xizmati

