Farg’ona davlat universitetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Seminarda Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.


