Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo'limining bosh mutaxassisi D.Nurnazarov tomonidan maktab o‘qituvchilariga seminarlar o‘tkazildi.


Mazkur tadbirlar Guliston shahar 2-sonli va 6-sonli umumta'lim maktablarida tashkil etildi.


Seminar asosiy mavzusi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoni bo‘lib, o‘qituvchi-murabbiylarga keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

