Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “ O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g’risida”  seminar tashkil etildi.

img_20240919_135056_p70462

Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va  fakultet talabalari ishtirok etishdi.

img_20240919_135114_p59363

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

img_20240919_135217_p31983

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

img_20240919_135426_p46700

Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

img_20240919_135636_p96453