Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Namangan muhandislik qurilish institutida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

photo_5424818186664143225_y_p57329

Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

photo_5424818186664143243_y_p30543

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

photo_5424818186664143248_y_p67192