Hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun navbatdagi vebinar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12- sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Tajriba tariqasida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning muhokamasi” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

12_09_2024-baa1_p83355

2_-12_09_20247j1a4045_p92103

Mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024- yil 4- martdagi PQ-114-son qarorida aholini roʻyxatga olish masalalari boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va tashkiliy rejasini tuzish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berildi.

3_-12_09_20247j1a4052_p26467

4_-12_09_20247j1a4062_p94617

Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5_-12_09_20247j1a4058_p97605