Joriy yilning 18- sentabr kuni “2022- yilda aholini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayorgarlik jarayoni hamda “Aholini ro’yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi” loyihasi doirasida Samarqand viloyati statistika boshqarmasida, karantin qoidalariga amal qilgan holda o’quv-amaliy seminar tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirda Boshqarma rahbariyati, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’limi xodimlari hamda boshqarma bo’lim boshliqlari va o`rinbosarlari, bosh mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminarni boshqarma boshlig’i v.b. T. Sidikov ochib, 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayorgarlik jarayoni hamda bosqichma-bosqich olib borilayotgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda so’zga chiqqan boshqarmaning ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’limi boshlig’i Z. Davronov, 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayorgrlikni borishi, bu kungacha bajarilgan ishlar yuzasidan o’z fikrini bildirildi.
Shuningdek, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo’limi bosh mutaxassisi F. Shukurov o’z prezentatsiyasida aholini ro’yxatga olishni tashkil etish, o’tkazish, jamlash va e’lon qilish masalalari bo’yicha tushntirish berib o’tdi.

Tadbir so’ngida, aholini ro’yxatga olishga tayorgarlik jarayonlarini borishi to’g’risida istirokchilar tomonidan berilgan savollarga, ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi xodimlari tomonidan javoblar berib o’tildi.
Axborot xizmati

