Farg’ona viloyatida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Joriy yilning 10- sentyabr kuni Fargʼona viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma boshligʼi S.R.Shamshidinov boshchiligida oʼquv seminar tashkil etildi.


Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-sonli farmonida berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi, jumladan maxsus kommissiyalar tomonidan joylarda koʼchalar nomlari va xonadonlar tartib raqamlarini toʼliq shakllantirish, tuman va shaharlar boʼyicha mahallalar kesimida xaritalar tayyorlanishi yuzasidan topshiriqlar berdi.


Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4796-sonli qarorida yuklatib oʼtilgan vazifalar, shuningdek statistik maʼlumotlar sifatini oshirib borish va statistik maʼlumotlarni isteʼmolchilarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlash toʼgʼrisida bir qator vazifalar berildi.

Axborot xizmati