Qoraqalpoqiston Respublikasida хonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

 
 Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

msg199077306-6848_p60142

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

msg199077306-6851_p48692

O‘rganish natijalari bo‘yicha hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  ko‘rilmoqda.

msg199077306-6854_p41929

msg1859080703-7027_p32958