Jizzax viloyatida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Joriy yilning 14- sentabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida seminar tashkil etildi.


Seminarda boshqarma boshlig‘i K.Kasimov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, boshqarma va tuman(shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat stаtistikа boshqarmasi boshlig‘i Kasimov Kamoliddin Nuriddinovich 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va kamchiliklar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.


Viloyat stаtistikа boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Sharipov tomonidan aholini ro‘yxatga olishda zarur bo‘ladigan kartografik materiallarni tayyorlash va ulardan foydalanish, Jizzax viloyatida amalga oshirilgan ishlar, 2- jadval taxlili, statistika boshqarmasi va MFY laridagi aholi soni o‘rtasidagi tafovutlarini o‘rganish, nomlanmagan ko‘chalar va raqamlanmagan uylar, kadastr va MFY ma’lumotlarining bir-biriga muvofiqlashtirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.


Seminar davomida aholini ro‘yxatga olishga oid barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati