Davlat statistika qo‘mitasi va Moliya vazirligi xodimlari o'rtasida vebinar bo'lib o'tdi

2020 yilning 14 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori loyihasi va aholini ro'yxatga olishning dastlabki hisob-kitoblarini muhokama qilishga bag'ishlangan vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda Davlat statistika qo'mitasining ro'yxatga olish ishlariga mas'ul mutaxassislari va Moliya vazirligining mutaxassislari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida Qaror loyihasi bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi hamda aholini ro'yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni soni, ularning o'rtacha yuklamalari va ish kunlarini aniqlash bo'yicha qizg'in munozaralar bo'lib o'tdi.

 Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan berilgan barcha savollarga qo'mita mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.