Farg‘ona viloyatida хonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari holatini o’rganish va tegishli ko’rsatmalar berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich xizmat safari bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasiga tashrif buyurdi. 

photo_2024-06-06_13-51-32_p34141

photo_2024-06-06_13-51-52_p19448

Tashrif davomida direktori o`rinbosari Z.M. Ziyayev hududiy statistika organlari xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda mahallalarga chiqqan holda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati o’rganildi.

photo_2024-06-06_13-52-27_p42510

photo_2024-06-06_13-52-50_p87834

Direktori o`rinbosari Z.M. Ziyayev boshchiligidagi o‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlandi.

photo_2024-06-06_13-53-02_p15843

photo_2024-06-06_13-53-08_p61815

O‘rganish natijalari bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududlari kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun direktori o`rinbosari Z.M. Ziyayev Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi rahbariyatiga va hududiy statistika organlari xodimlariga tegishli ko’rsatmalar berib o’tdi.

photo_2024-06-06_13-53-29_p59854

photo_2024-06-06_14-52-01_p68239

Shuningdek aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rish uchun mahalliy hokimliklar va mahalla faollari bilan doimiy hamkorlikda ishlash zarurligini alohida ta’kidlab o’tdi.

photo_2024-06-06_14-52-04_p60219