Аholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Andijon viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon qishloq ho’jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.

photo_5364290539706507187_y_p50039

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bo‘limi  mutaxassislari, institut o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

photo_5364290539706507188_y_p55198

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

photo_5364290539706507199_y_p55717

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

photo_5364290539706507200_y_p54488

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

photo_5364290539706507205_y_p75238