Turan International university talabalari bilan davra suhbati tashkil etildiTuran International university talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Namangan shahridagi Turan International universityda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

photo_2024-05-17_11-09-32_p76640

Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

photo_2024-05-17_11-09-35_p69805

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R.Jiyanov va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi mutaxassisi K.Abdullajonov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

photo_2024-05-17_11-09-37-2_p83357

Shuningdek, davra suhbatida ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

photo_2024-05-17_11-09-39_p91533

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

photo_2024-05-17_11-09-42_p77128