Hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun navbatdagi vebinar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun “Aholini ro‘yxatga olish tartibi” mavzusida vebinar tashkil etildi.

111111-_p13892

222222222-_p20003

Mazkur vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish bosqichlarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

3-_p17418

4-_p80681

Vebinar yakunida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5-_p42973