Аholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro Innovatsion ta’lim va Tibbiyot  universitetida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.

1_p94985

4_p55445

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bo‘limi  mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

5_p80985

7_p54214

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

11_p24556

14_p56703

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

15_p71280

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.