Sirdaryo viloyati yuridik texnikumining talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

112022024

Davra suhbatida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining o’quv ishlari bo’yicha oʻrinbosari S.Amanyo’lov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

212022024

312022024

Shuningdek, 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida takidlab o‘tildi.

612022024

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.