Namangan viloyatida 35,3 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

bir kishilik uy xo‘jaliklari – 4,1 %,

ikki kishilik uy xo‘jaliklari – 8,9 %,

uch kishilik uy xo‘jaliklari – 12,0 %,

to‘rt kishilik uy xo‘jaliklari – 17,4 %,

besh kishilik uy xo‘jaliklari – 22,3 %,

olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 35,3 %ni tashkil etmoqda.

19_12_2023