Qarshi Xalqaro universitetida davra suhbati tashkil etildi

Qarshi Xalqaro universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

20231128_121037

20231128_123640

20231128_123739

Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berildi.

20231128_123818-1

20231128_123848

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari, roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari hamda shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berib o`tildi.

20231128_123859

20231128_124104

Talabalarni qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.