Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “ O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”  davra suhbati tashkil etildi.

photo_5424968042368061858_y

photo_5424968042368061862_y

Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va  fakultet talabalari ishtirok etishdi.

photo_5424968042368061864_y

photo_5424968042368061865_y

Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berildi.

p

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

photo_5427243150969261581_y

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.