Аholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy inovatsiyalar universitetida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

1712222

Seminarda viloyati statistika boshqarmasi bo‘limi  mutaxassislari, universitet o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

1712333

1712444

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

1712555

Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

17126666

17127777

Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.