Termiz davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi

Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

17222222

 

Davra suhbatida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berildi.

172222223

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari, roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari hamda shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berib o`tildi.

1722225

Talabalarni qiziqtirgan savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.