Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Namangan muhandislik qurilish institutida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

photo1700201098-8

Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

photo1700201098-9

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R.Jiyanov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

photo1700201098-15

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

photo1700201098-16

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.