Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.


O‘rganish davomida mahallalarda raqamsiz uylar, nomsiz ko‘chalar, xaritaga kiritilmagan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar aniqlanmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga tahliliy ma‘lumotlar tayyorlanib, doimiy ravishda axborot kiritib borilmoqda.





