Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan seminar va ekspertlar guruhi yig‘ilish natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2023: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi tashkil etilgan edi
photo1695727212-1

2023-yilning 26-sentabr kuni Statistika agentligida Jeneva shahrida tashkil etilgan mazkur seminar hamda ekspertlar yig‘lishi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

photo1695727212-2

Taqdimotda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

photo1695727212-4

Tadbirda Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i o‘rinbosari D.Yeshniyazov tomonidan Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2023: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning muhimligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilishda zamonaviy usullardan foydalanilganligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030-yil raundi tavsiyanomasini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli guruhlarning ishar olib borayotganligi hamda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030-yil raundiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli rejalar tuzilganligi to‘g‘risida olingan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

photo1695727212-10

photo1695727212-11

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.