Namangan muhandislik-texnologiya institutida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ravshan Jiyanov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

