Xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

photo1693984319

photo1693985063

O‘rganish davomida mahallalarda  raqamsiz uylar, nomsiz ko‘chalar, xaritaga kiritilmagan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar aniqlanmoqda.

photo1693994618

photo1694003837

O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga tahliliy ma‘lumotlar tayyorlanib, doimiy ravishda axborot kiritib borilmoqda.

photo1694009132-1