Hududiy statistika organlari tomonidan reja-jadvalga muvofiq, tanlanma ravishda mahallalarda xonadonlarning raqamlanganligi va ko‘chalarga nom belgilari o‘rnatilganligi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va ba’zi ko‘chalarga nom belgilari o‘rnatilmaganligi holatlari aniqlanmoqda.



Mazkur holatlar bo‘yicha mahalliy hokimliklarga tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, muntazam ravishda axborot kiritib borilmoqda.

